Birinchi bor ikki nafar taekvondochimiz reyting orqali Olimpiadaga yoʻl oldi

20:05 17 Dekabr 2023 Sport
1169 0

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenzion reyting ochkolarini jamgʻarish davri yakunlangani va u orqali Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan sportchilar nomini eʼlon qildi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) Parij-2024 yoʻllanmalariga ega boʻlishdi.

Qayd etish joiz, hamyurtlarimiz birinchi bor reyting orqali 2 ta yoʻllanmaga ega boʻlishdi. Shuningdek, qizlarimiz ham ilk marotaba toʻgʻridan toʻgʻri Olimpiada ishtirokchisiga aylanmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni ushbu natija bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер