Bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senatining ellik oltinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Amaldagi qonun hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan ushbu Qonun yangilangan Konstitutsiyada mustahkamlangan tamoyillarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator muhim tuzatishlarni o‘z ichiga olganligi qayd etildi.

Xususan, 26 ta qonun hujjatlarining, shu jumladan 6 ta kodeks va 20 ta qonun normalari yangilangan Konstitutsiyaning 19-moddasida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar qonun oldida tengdirlar” degan qoidaga muvofiqlashtirilmoqda.
Shuningdek, mazkur Qonun orqali “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunga ommaviy axborot vositalarining erkinligi va mustaqilligi hamda qonunga muvofiq ish olib borishi haqidagi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Yana muhim o‘zgarishlardan biri Mehnat kodeksi va “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga qarindoshining sudlanganligiga qarab ishga qabul qilishni rad etish kabi kamsitishlarning oldini olish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Senatorlar tomonidan ushbu Qonun fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlarini yana-da mustahkamlashga, ularning huquqlarini amalga oshirishda, shu jumladan ishga qabul qilishda teng imkoniyatlarni taʼminlashga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring