Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi
Foto: Illustrativ
Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri xabar bergan.
Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.
“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, «Pushpak Express” vagonlaridan birining ichida uchqun paydo boʻlgani sababli baʼzi yoʻlovchilar vahimaga tushishgan. Ular avariyaviy toʻxtash zanjirini tortib poyezdni toʻxtatishga uringan hamda relsga otilib chiqishgan. Afsuski, oʻsha paytda “Karnataka Express” poyezdi qoʻshni yoʻl boʻylab oʻtayotgan boʻldi», – deyiladi temiryoʻl maʼmuriyati bayonotida.
Hudud politsiyasi matbuot kotibining jurnalistlarga maʼlum qilishicha, voqea joyiga favqulodda qutqaruv poyezdi joʻnatildi. Fojia natijasida bir nechta fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
“Hindiston hukumatining temir yoʻl xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlariga qaramay, mamlakat temir yoʻllarida roʻy berayotgan baxtsiz hodisalar kamaymayapti. Har yili yuzlab odamlar poyezd urib ketishi natijasida vafot etadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda Hindistonning sharqiy qismida harakatlanayotgan ikkita yoʻlovchi poyezdning relsdan chiqib ketishi natijasida 280 dan ortiq odam vafot etgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring