Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi
Illyustrativ foto
2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda “Fiskal tahlillar” Telegram kanali xabar qildi.
Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻm), Fargʻona viloyati (7,2 mlrd soʻm) hamda Andijon viloyatlariga (5,1 mlrd soʻm) toʻgʻri kelgan.
Bundan tashqari, eng koʻp cheklar qayerlarda roʻyxatdan oʻtkazilgani ham maʼlum qilindi. Oʻrinlar ketma ketligida “Anglesey Food” MCHJ XK (4,7 mlnta chek, 6,8 mlrd soʻm keshbek), “Havas Food” MCHJ QK (2,1 mlnta chek, 1 mlrd soʻm keshbek), “Xalq Retail” MCHJ (868,6 mingta chek, 373,3 mln soʻm keshbek), “Darvoza Savdo” MCHJ (502,5 mingta chek, 345,8 mln soʻm keshbek) va “Madina Qandolat” MCHJ (461,6 mingta chek, 478,1 mln soʻm keshbek) joy olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring