Bir kunda 468 ta avtomobil shahar boʻylab ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlangan
Yoʻl-patrul xizmati va Milliy gvardiya hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan 7-aprel kuni Toshkent yoʻllarida 758 ta yoʻl harakati qoidabuzarligi faktlari qayd etildi. 450 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylandi. 468 ta avtomobil shahar boʻylab ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlangan.
Bundan tashqari, shahar boʻylab tegishli ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanayotgan haydovchilarning 271ta avtoulovi jarima maydoniga joylashtirildi. Ularga nisbatan sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan huquqbuzarlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54 moddasi 2 qismiga “Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish” koʻra bayonnomalar rasmiylashtirildi. Mazkur moddaga binoan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha yaʼni (4 mln. 460 ming soʻmdan 6 mln. 690 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha yaʼni (6 mln. 690 ming soʻmdan 11 mln. 150 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon











Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring