Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor

15:05 15 Yanvar 2025 Dunyo
1660 0

Foto: Illustrativ

Arxeologlar Lyuksemburg shimolidagi Holstum shahri yaqinida qadimgi Rim oltin tangalaridan iborat xazinani topishdi, deb xabar bermoqda “Arkeonews” nashri.

Maʼlumotlarga koʻra, oltin tangalar milodiy 364-yildan 408-yillar oraligʻida hukmronlik qilgan toʻqqiz imperator davrida zarb qilingan.

Ular orasida Gʻarbiy Rim imperiyasini qisqa vaqt boshqargan imperator Yevgeniyning rasmi tushirilgan tangalar ham bor.

Taʼkidlanishicha, bu tangalar, umumiy topilmalar orasida ajralib turadi. Sababi, ular juda kam zarb qilingan hamda qazishmalar davomida deyarli topilmaydi.

Tangalarning umumiy soni 141 dona boʻlib, qadimgi Rim imperiyasining pul va siyosiy tarixi haqida qimmatbaho maʼlumotlar berishi mumkin, deyiladi xabarda.

“Bu xazina INRA markazi tomonidan olib borilgan 4-yillik izlanishlar natijasida topilgan yirik arxeologik kashfiyotdir, chunki bunday qadimiy topilmalar arxeologik oʻrganishlarda juda kam uchraydigan hodisa hisoblanadi”, — deydi Arxeologiya tadqiqotlar milliy instituti oʻz bayonotida.

Maʼlum qilinishicha, oltin tangalar juda yaxshi holatda saqlangan. INRA mutaxassislari tangalarning qiymatini taxminan 322 ming AQSH dollarga baholaganlar. Olimlar guruhi ushbu xazinani topishguncha koʻplab qiyinchiliklarga duch kelishgan. Buning asosiy sababi esa xazina Ikkinchi Jahon Urushida koʻmilib qolgan oʻq-dorilar koʻmilib qolgan hududda boʻlgan.

Bundan tashqari, mutaxassislar qazishma ishlari davomida IV asrda imperiyaning german chegaralarida qurilgan kichik kuzatuv minorasi, shuningdek, uning atrofidagi bir nechta qabrlarni ham topishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер