Аrxeologik tadqiqot: bir dona bir oʻrkachli tuyaning tasviri topildi

16:01 22 Dekabr 2022 Jamiyat
540 0

Joriy yil davomida Milliy arxeologiya markazi ilmiy xodimlari tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari maʼlum qilindi.

Gap shundaki, Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Xatak qishlogʻi yaqinida qadimgi tosh davri odamlarining gʻor-makoni hamda Gʻoz qishlogʻi atrofida Oqtosh togʻi hududida olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bir dona bir oʻrkachli tuyaning tasviri topilgan. Suratning hajmi 75x90 sm. boʻlib, tekis yuzali ohaktosh qoyaga tushirilgan va quyoshda kuygan mogʻor bilan qoplanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Namangan viloyati Axsikent arxeologik obyektida arxeologik qazishma ishlari davomida Qoraxoniylar davriga oid turarjoy qoldiqlari va koʻplab arxeologik artefaktlar (sopol buyumlar, tangalar va temir buyumlari) topilgan.

Jumladan, qazishmaning shimoliy qismida pishgan gʻishtdan qurilgan devor va unga parallel ravishda qurilgan oʻchoqlardan iborat xoʻjalik xonasi aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?