Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi
“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (727-son, 17.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Mazkur qarorga koʻra, 2025-yil 1-dekabrdan zilzilalar kuchini koʻrsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalashtirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
2027-yil 1-oktyabrga qadar MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalarda maxsus seysmik himoyalash uskunalari yordamida loyihalashtirishga ustuvorlik beriladigan obyektlar turlari tasdiqlanadi.
2026-yil 1-fevraldan:
- Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktyabrdagi 603-son qarori asosida beriladigan zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosa uchun undiriladigan toʻlov miqdori 50 foizga qisqartiriladi;
- bir xil seriyali obyektlarga ilmiy xulosalar faqat 1 marotaba toʻlov asosida beriladi, qolgan shu turdagi obyektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun toʻlov undirilmaydi.
Shuningdek, zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring