Bilimsiz insonlar tarixi va anʼanalarini qadrlamaydi — Hakima Otaxonova

13:35 07 Iyun 2023 Madaniyat
1062 0

“Yangi Oʻzbekiston — yoshlari birlashaylik” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Xususan Qoraoʻzak tumanida “Maʼrifat soati” tashkil etildi. Tadbirni tuman hokimi Uzoqbergen Utambetov ochib berdi.

“Respublikada Qoraoʻzak yoshlarining alohida oʻrni bor. Sababi yoshlarimiz katta-katta tanlovlarda gʻolib boʻlib, yurtimiz nomini yuqorilarga koʻtarmoqda. Misol uchun, tumanimizda “Metallurgiya” zavodi ochildi. Shu sabab 100 nafar yoshga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtiyoz berilgan. Hozircha 3 nafari Rossiyada tahsil olmoqda. Bir soʻz bilan aytganda tumanimiz yoshlari bilim olishga qiziqadi. Zero, kitobxon yoshlardan yomonlik chiqmaydi”, dedi Utambetov.

Tadbirda mahoratli aktrisa tomonidan sahna asari namoyish etilgan boʻlsa, baxshi va qoʻshiqchilar tomonidan qoʻshiqlar kuylandi.

Shundan soʻng, targʻibotchilar “Zakovat” intellektual oʻyini hamda shaxmat musobaqasi mehmoni boʻlishdi.

Kunning ikkinchi yarmida “Maʼrifat” targʻibotchilari ham tuman yoshlari, shuningdek tumanda istiqomat qiluvchi ijodkorlar ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi. Unda xalq sevgan ijodkor, mahoratli aktrisa Hakima Otaxonova sahna asari namoyish etib, qoraqalpoq yoshlarining bilimga chanqoq ekanligini taʼkidladi.

“Xalqning urf-odatlari, soʻzlashish madaniyati va oʻziga boʻlgan ishonchi meni hayratlantirdi. Hayrat bilan birgalikda quvonchni ham hisini ham tuydim. Boisi bu ularning bilimli ekanligidan dalolatdir. Axir bilimsiz inson hech bir sohada oʻz oʻrnini topa olmaydi va oʻziga nisbatan ishonchi shakllanmaydi. Bu kabi insonlar oʻz tarixi hamda anʼanalarini bu qadar qadrlamaydi”, deydi sanʼatkor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер