“Bilim yo‘lida…” qisqa metrajli filmi suratga olinadi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi buyurtmasiga asosan ilm-ma’rifat va fan rivojiga hissa qo‘shgan o‘zbek ayollarining hayoti va faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan “Bilim yo‘lida…” nomli qisqa metrajli film tayyorlanishi rejalashtirilmoqda. Ushbu film XX asrning ilk yillarida Germaniyada tahsil olgan o‘zbek qizlari haqida hikoya qiladi.
Mazkur loyiha doirasida ilmiy-ijodiy guruh shakllantirilib, toshkentlik Xayriniso Majidxonova, Saida Sherahmadboyeva, xorazmlik Maryam Sultonmurodova kabi ma’rifatparvar ayollarning hayoti chuqur o‘rganiladi. Ularning ta’lim olish yo‘lidagi fidokorona harakatlari, ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi tarixiy hujjatlar va arxiv materiallari asosida tahlil qilinadi.
To‘plangan ma’lumotlar asosida nafaqat qisqa metrajli film yaratiladi, balki ekspozitsiya uchun maxsus eksponatlar, hujjatlar va fotosuratlar tayyorlanadi. Ushbu loyiha o‘zbek ayollarining ilm-ma’rifat yo‘lidagi jasoratini keng ommaga yetkazish, yosh avlodni bilim olishga undash va tarixiy xotirani asrab-avaylash maqsadiga xizmat qiladi.
“Bilim yo‘lida…” filmi ilm-ma’rifatning muhimligini yana bir bor yodga solib, o‘zbek jamiyatida ayollarning ta’lim va fanga qo‘shgan beqiyos hissasini yuksak darajada namoyon etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring