Bild: Yoaxim Lyov Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlish taklifini rad etdi
Foto: NTB SCANPIX
Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, nemis mutaxassisi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari bilan, mamlakatning Berlindagi elchixonasi koʻmagida onlayn muzokaralar oʻtkazgan.
Lyov taklifni bir necha kun davomida jiddiy oʻylab koʻrgan, ammo oxir-oqibat muloyimlik bilan rad etgani aytilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Yoaxim Lyov 2006-yildan 2021-yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqargan. Uning rahbarligida terma jamoa 2014-yil Braziliyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida va 2017-yil Rossiyada oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2021-yildan buyon Lyov hech bir jamoada ishlamagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring