Beshariqda qovun sayli — gastronomik turizmga qoʻshilgan yangi rivoj
Bugun Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi Andarxon qishlogʻida ikkinchi bor qovun sayli oʻtkazildi. Bu anʼanaviy tadbir nafaqat mahalliy aholi, balki xorijiy mehmonlar uchun ham katta bayramga aylandi. Saylda Germaniya, Hindiston, Armaniston, Tojikiston va bir qator boshqa davlatlardan kelgan mehmonlar ishtirok etdi.
Tantanali ochilish marosimini Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshid Ahmedov ochib berdi. U oʻz nutqida Oʻzbekistonda yangi yoʻnalish sifatida rivojlanayotgan gastronomik turizmning ahamiyati haqida soʻzlab, Beshariq qovunining oʻziga xos taʼmi va hidi bu yoʻnalishni ommalashtirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.

Sayl doirasida qiziqarli bellashuvlar ham oʻtkazildi. Ular orasida eng koʻp eʼtiborni tortgani — “Qovun bogʻlash” musobaqasi boʻldi. Bu bellashuvda oʻnlab dehqon oilalarining vakillari oʻz mahoratlarini namoyish etdi.


Birinchi oʻrinni qovunni eng tez va eng chiroyli bogʻlagan Matluba Qobilova qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻringa Nargizaxon Aʼzamova, uchinchi oʻringa esa Muqaddas Sharipova loyiq koʻrildi. Gʻoliblar viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Sayil davomida sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar bayram kayfiyatini yanada koʻtardi. Mehmonlar musiqa sadolari ostida raqsga tushib, Beshariqning mehmondoʻstligi va boy milliy anʼanalaridan bahramand boʻlishdi.

Qovun sayli nafaqat mahalliy mahsulotlarni targʻib etish, balki milliy taomlar, mehmondoʻstlik va madaniy meros orqali gastronomik turizmni rivojlantirish yoʻlida ham muhim qadam boʻladi.
Zulfiya Hamidova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring