Beshariqda meva-sabzavotlar quritilgan holda eksport qilinmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Beshariq tumanida “Besh agro eksport” MCHJ tomonidan loyihaning birinchi bosqichida 10 milliard soʻm investitsiya kiritilib, Turkiya, Xitoydan zamonaviy texnologiyalar olib kelib oʻrnatildi. Natijada 50 ta doimiy hamda 200 ta kasanachilik asosida ish oʻrni yaratildi.
Korxona tasarrufida 60 gektar mevazor bogʻ mavjud. Shuningdek, hududdagi ming gektar bogʻning mevasini sotib olish boʻyicha kelishuvga ega. Hozirda bu yerda 20 turdan ortiq meva va sabzavotlar quritilgan holda bir yillik kafolati bilan MDH, Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda.

Bu mahsulotlar Litva, Polsha, Italiya, Vengriyada allaqachon xaridorgir boʻlib ulgurdi. Bugungi kunda Italiya va Vengriyadan mutaxassislar jalb etilib, ushbu mamlakatlar bozori talabidan kelib chiqqan holda asosan pomidor qoqisi va boshqa mevalarni eksport salmogʻini oshirish boʻyicha amaliy saʼy-harakatlarga kirishildi.

—Loyihaning umumiy qiymati 1 million dollar boʻlib, bu yiliga oʻrtacha 1,5 ming tonna meva-sabzavotni quritish va eksport qilish imkonini beradi,—deydi “Besh agro eksport” MCHJ rahbari Jahongir Nosirov.—Loyihaning ikkinchi bosqichida 20 milliard soʻm mablagʻ evaziga 500 tonna sigʻimga ega muzlatgichli omborxona qurishni maqsad qilganmiz. Bu yil davomida mahsulotlar zaxirasini yaratish hamda jahon bozori talabi va ehtiyoji asosida eksport qilish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring