Belarusda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi
Belarusning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko yettinchi prezidentlik muddatiga qayta saylandi. U mamlakatni 1994-yildan buyon boshqarib kelmoqda. Markaziy saylov komissiyasi dastlabki maʼlumotlarni eʼlon qilgan.
Lukashenkoga saylovchilarning 86,82 foiz qismi ovoz berdi. Saylovdagi davomat 85,7 foizni tashkil etgan. Qolgan qismda Liberal-demokratik partiya yetakchisi Oleg Gaydukevich 2,02, tadbirkor Anna Kanopatskaya 1,86, Kommunistik partiya Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi Sergey Sirankov 3,21, Mehnat va adolat partiyasi raisi Aleksandr Xijnyak esa 1,74 foiz ovoz toʻpladi.
Mamlakatda saylovlar 26-yanvar kuni oʻtkazildi. Ovoz berishdan keyin boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Lukashenko hokimiyatni topshirish uchun oʻziga voris qidirmayotganini aytdi. “Bu haqda saylovdan keyin oʻylab koʻramiz”, degan u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring