Belarus Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi norma ijodkorligi sohasidagi islohotlar bilan tanishdi

18:55 23 Fevral 2023 Jamiyat
443 0

Belarus Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Natalya Filippova boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Adliya vazirligida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi islohotlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuvda Adliya vazirligining norma ijodkorligi jarayonidagi oʻrni va faoliyati, shu jumladan bugungi kundagi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ularni huquqiy ekspertizadan va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish hamda norma ijodkorligi sohasiga joriy etilgan “aqlli tartibga solish” modeli, tartibga solish taʼsirini baholash, “tartibga solish gilotinasi” kabi institutlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Belarus Adliya vazirliklari oʻrtasida norma ijodkorligi sohasida kelgusida oʻzaro keng koʻlamli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Belarus Respublikasi delegatsiyasi tashrifi davomida davlat xizmatlarini koʻrsatish markazlarining samarali faoliyati, adliya organlari tizimida raqamlashtirish va huquqiy axborotni tarqatish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishish va tajriba almashish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?