Belarus bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Sogʻliqni saqlash vazirligida Belarus Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Aleksandr Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot avvalida soʻnggi paytlarda ikki davlat oʻrtasida tibbiyot sohasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xususan, oʻtgan yilning noyabr oyida yurtimizda Oʻzbekiston – Belarus sogʻliqni saqlash va tibbiy taʼlim kunlari, Minsk shahrida esa Oʻzbekiston – Belarus tibbiyot forumi oʻtkazilgan edi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Jumladan, Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A. Xudayarov onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish Oʻzbekiston uchun Belarus bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.
Bugungi kunda ushbu mamlakatning “Ona va bola” RIAMning 4 nafar yuqori malakali mutaxassisi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filialida faoliyat yuritmoqda.
Mazkur yoʻnalishda, ayniqsa, neonatologiya va bolalar reanimatsiyasi, Belarusning ushbu sohadagi boshqaruv tizimining yurtimizda joriy etilishini jadallashtirish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Hamkorlikning yana bir muhim yoʻnalishi sifatida yurtimizda hamshiralar malakasini oshirish belgilandi.
Shuningdek, kardiologiya, onkologiya, bolalar onkogematologiyasi, travmatologiya va ortopediya, transplantologiya, yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, aholi immunizatsiyasi, reabilitatsiya kabi qator yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.
Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan muloqot davomida farmatsevtika sohasidagi sheriklikni yanada kengaytirish, shu jumladan qon plazmasi asosida dori vositalarining yurtimizda ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish, tibbiyot muassasalariga zamonaviy dializatorlarni yetkazib berish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Maʼlumot oʻrnida, ertaga, 7-fevral kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan II Oʻzbekiston – Belarus hududlararo forumi doirasida “Sport, turizm va sogʻliqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida panel sessiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring