“Bekobod sement madaniyat uyi” madaniy meros obyekti sifatida qayd etilmagan — Madaniy meros agentligi

12:13 21 Noyabr 2022 Jamiyat
643 0

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati “Bekobod sement AJ”ga qarashli boʻlgan “Bekobod sement madaniyat uyi” binosining tashqi koʻrinishi oʻzgartirilgani muhokama qilinmoqda.

Madaniy meros agentligi ushbu bino madaniy meros obyekti sifatida qayd etilmaganini maʼlum qiladi. Toshkent viloyati “Bekobod sement AJ”ga qarashli boʻlgan “Bekobod sement madaniyat uyi” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2019-yildagi 846-sonli qarori bilan arxitektura yodgorligi sifatida roʻyxatga olinmagan.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozim Madaniy meros agentligi oʻz tizimidagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, muzeylar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, viloyatimizdagi madaniy boyliklarni aniqlash, muhofaza qilish va toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?