Bedarak yoʻqolgan erkakning murdasi “Boʻrijar” kanalidan topildi

13:35 10 Avgust 2024 Jamiyat
351 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahrida bedarak yoʻqolgan erkakning murdasi “Boʻrijar” kanalidan topildi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, kecha, 9-avgust kuni soat 15:30 larda Chilonzor tuman IIO FMBga xabar kelib tushgan. Unga koʻra, Toshkent shahar Seul koʻchasi boʻylab oqib oʻtuvchi “Boʻrijar” kanalining qirgʻogʻidan 1951-yilda tugʻilgan Sh.A.ning jasadi tan jarohatlarisiz topilgan.

Aniqlanishicha, 4-avgust kuni marhumning oila aʼzolari Shayxontohur tuman IIO FMBga u oʻsha kuni yashash xonadonidan nomaʼlum tomonga chiqib ketgani va qaytib kelmagani boʻyicha xabar bergan boʻlgan.

Hayot Shamsutdinovning qoʻshimcha qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер