Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

09:46 12 Sentyabr 2019 Hujjatlar
2522 0

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4–5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 15-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ–350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 10-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarining» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2) 11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarining» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

3) 13-moddaning:

ikkinchi qismidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari, shuningdek hududdagi profilaktika inspektorlari» degan soʻzlar “shuningdek hududdagi profilaktika inspektorlari va ularning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasiga aʼzolar qabul qiladi»;

4) 14-modda birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari bilan birgalikda «Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi»;

5) 25-moddaning toʻrtinchi qismidagi “hamda Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari» degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi 924–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 4, 136-modda; 2018-yil, № 7, 486-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 61-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi boʻlishi mumkin”;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda oʻqishi shart. Oʻqish davrida ular asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroq oʻqishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi”;

2) 62-moddaning:

birinchi qismidagi “Oʻttiz yoshdan” degan soʻzlar “Oʻttiz besh yoshdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi “saylov kunida oʻttiz yoshga toʻlgan” degan soʻzlar “saylov kunida oʻttiz besh yoshga toʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 63-moddaning:

toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

4) 72-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 
421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda) 283-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Ushbu Kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda, tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻzining arizasida huquqbuzarning shaxsi, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega”;

beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin.

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil № 1, 3-modda, № 5, 267-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 31-modda quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:

“Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;

2) 17-modda birinchi qismining:

oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

yettinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi 763–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 115-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 4, 106-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) 8-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi 120–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7–8, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 4, 98-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 8-moddaning:

birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin»;

ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin»;

2) 22-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4–5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 40-modda, № 10, 671-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 6-moddaning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi”;

2) 10-moddaning nomi va birinchi xatboshisidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining» va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi» degan soʻzlar tegishincha “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining” va “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ–363-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 12, 352-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) 11-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi – sanoat xavfsizligiga, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikka, yer qaʼridan foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishiga rioya etilishi yuzasidan”.

10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–371-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 5, 267-modda) 21-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari bilan birgalikda «Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi».

11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–407-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 15-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

ikkinchi qismidagi “va inspektorlaridan” degan soʻzlar, “inspektorlaridan va ularning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi “jamoatchilik tuzilmalari” degan soʻzlar “jamoatchilik tuzilmalari aʼzolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–427-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 135-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 5-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Kengash raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va u bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabini boshqaradi”;

2) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarning zaxirasini shakllantiradi;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning raislarini va sudyalarini lavozimga tayinlaydi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;

Sudyalar oliy malaka hayʼatining tavsiyasiga koʻra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida oʻz arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning raislari va sudyalari lavozimlariga qaytadan tayinlaydi;

Sudyalar oliy malaka hayʼatining tavsiyasiga koʻra sudyalarni oʻz arizalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalari lavozimlariga qaytadan tayinlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;

qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning raislari va sudyalarini lavozimidan ozod qiladi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga xulosalar kiritadi;

sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;

sudyalar va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi;

sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga yuboradi;

oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolarini intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;

sudyalarni jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi;

sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, sudyalarning malaka hayʼatlari raislari hisobotlarini eshitadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalarini buzish masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi;

sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtayi nazaridan oʻrganadi;

Sudyalarning odob-axloq kodeksini tasdiqlaydi;

sudyalarning faoliyatini oʻrganish va baholash mezonlarini tasdiqlaydi;

sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktorining mazkur departament faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini har yili eshitadi;

sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini oʻrganish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan bogʻliq zarur axborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni soʻrab oladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamentini tasdiqlaydi.

Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin»;

3) 10-moddaning:

ikkinchi xatboshisidagi “Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazini” degan soʻzlar “Sudyalar oliy maktabini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

4) 17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“nomzodning koʻrsatilgan sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi haqida yoxud nomzodning takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berish huquqini qoldirish toʻgʻrisida”;

5) 18-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodning munosibligini aniqlashda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan zarur axborotni soʻrab olishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kengashning soʻrovi olingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda tegishli xulosani taqdim etishi kerak”;

6) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Kengash sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini (bundan buyon matnda zaxira deb yuritiladi) shakllantiradi.

Zaxiraga kiritilish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Kengashga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Mazkur ariza ikki oy ichida koʻrib chiqiladi.

Zaxiraga sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga, yetarli hayotiy tajribaga va benuqson obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan yuqori malakali yuristlar orasidan oʻttiz uch yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik ixtisos boʻyicha kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin.

Quyidagi shaxslar zaxiraga kiritilishi mumkin emas:

muqaddam sudlanganlar;

odil sudlovni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalliklarga yoki jismoniy nuqsonlarga ega boʻlganlar;

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun vakolatlari oldingi ish joyi boʻyicha belgilangan tartibda tugatilganlar;

sudyalik lavozimiga munosib emasligi tufayli zaxiraga kiritishni rad etish haqida Kengash xulosasi qabul qilinganidan keyin bir yil oʻtguniga qadar zaxiraga kiritish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganlar.

Zaxiraga kiritish sudyalik lavozimiga nomzodning ushbu Qonunda nazarda tutilgan mezonlarga munosibligini oʻrganish va Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan imtihondan muvaffaqiyatli oʻtish natijalariga koʻra, Kengashning qarori bilan amalga oshiriladi.

Sudyalik lavozimiga nomzod quyidagi hollarda zaxiradan chiqariladi:

zaxiradan chiqarish toʻgʻrisida oʻzi ariza berganda;

uning oʻqish natijalari qoniqarsiz baholanganda;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;

unda odil sudlovni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo boʻlganda;

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;

vafot etganda yoki u sud qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilinganda;

jinoyat yoki oʻzining shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiruvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etganda;

uning sudyalik lavozimiga nomunosibligi haqida xulosa chiqarilganda»;

7) 24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«24-modda. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni tanlash tartibi

Boʻsh sudyalik lavozimlari toʻgʻrisidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni koʻrib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.

Zaxiraga kiritilgan sudyalik lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlaganidan keyin boʻsh sudyalik lavozimlarini toʻldirish uchun tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.

Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oʻrganish usullaridan – suhbat oʻtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oʻtkazishdan, berilgan muammolar boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, ekspress soʻrovlardan foydalanilishi mumkin.

Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli oʻziga nisbatan Kengashning zaxiraga kiritish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi chiqarilgan shaxs bir yil oʻtgach, zaxiraga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin.

Zaxiraga kiritish boshqa sabablarga koʻra rad etilgan shaxs rad qilish sabablari bartaraf qilinganidan keyingina zaxiraga kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin»;

8) quyidagi mazmundagi 241-modda bilan toʻldirilsin:

«241-modda. Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin uni sudyalik lavozimiga va boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi

Yangi vakolat muddatiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya vakolatlari muddati tugashiga kamida olti oy qolganda arizani va zarur hujjatlarni tegishli sudyalarning malaka hayʼatiga beradi.

Boshqa sudyalik lavozimiga oʻz nomzodini koʻrsatish istagini bildirgan sudya, buning sabablari va asoslarini koʻrsatgan holda Kengashga ariza beradi.

Sudyalar oliy malaka hayʼati sudyani yangi muddatga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash mumkinligi haqida Kengashga xulosa taqdim etadi.

Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy sudlar raislari va sudyalari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga koʻra oʻrganadi.

Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin Kengash uch oy ichida nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqidagi masalani koʻrib chiqishi kerak.

Agar sudya oʻzi daʼvogar boʻlgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengash uni quyi turuvchi sudyalik lavozimiga koʻrib chiqish masalasini kun tartibiga kiritishga haqli.

Ilgari sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarni sudyalik lavozimiga koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala yangi vakolatlar muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga taqdim etilgan sudyalar uchun qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi».

13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 8-sentyabrda qabul qilingan “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–444-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 508-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 8-moddaning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 25-moddadagi “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

15-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2019-yil 10-sentyabr

№ OʻRQ—566

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер