Bayram arafasida narx navo oshib ketishini oldini olish maqsadida yarmarkalar tashkil etilmoqda

17:31 23 Dekabr 2023 Jamiyat
757 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

"Eski Juva" dehqon bozorida bayram munosabati bilan bezaklar bilan bezatilgan yarmarka tashkil etilgan. Yarmarkada bayramona sitrus mevalar va milliy meva sabzavotlar, goʻsht, yogʻ mahsulotlari arzonlashtirilgan holda rastalarda joylashtirilgan. Yarmarka chiroyli boʻlishi, narx navoni oshib ketmasligi uchun nazoratchilar va mahsulotlarning zaxirasi yaratilgan.

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida har bir rastada mahsulot narxi qatʼiy yozib qoʻyilishi, mahsulot narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar radiouzellar orqali xaridorlarga muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi doimiy nazoratga olingan. Soliq idoralari tomonidan esa savdo yarmarkalarida xaridorlarga toʻlov terminallari orqali savdoni amalga oshirishga sharoit yaratilgani boʻyicha kunlik monitoringlar oʻtkazib borilayotir.

 Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?