“Barselona” ishonchli hisobda gʻalaba qozondi
Kecha, 31-yanvar kuni Ispaniya La Ligasining 22-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan oʻyinda “Barselona” klubi safarda “Elche” jamoasi mehmoni boʻldi. Uchrashuv 3:1 hisobida Xans Flik jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda hisob 6-daqiqadayoq ochildi. Golga Lamin Yamal mualliflik qildi. 29-daqiqada Alvaro Rodriges hisobni tenglashtirdi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, Ferran Torres “kataloniyaliklar”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimda ham “Barselona” toʻliq ustunlikka ega boʻldi. 70-daqiqada Markus Reshford bahsdagi soʻnggi golni kiritdi. Shu tariqa uchrashuv 3:1 hisobida musobaqa peshqadamining ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring