Barcha tugʻuruq komplekslarida audioskrining tadbirlari tatbiq etiladi
Prezidentimizning “2022 — 2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori asosida:
— Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, shu jumladan orfan kasalliklarga barvaqt tashxis qoʻyish boʻyicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyasi tashkil etiladi;
— Respublika perinatal markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022–2023-yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlashga qaratilgan audioskrining tadbirlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va hududlardagi barcha tugʻuruq komplekslarida tatbiq etiladi.
Audioskrining tadbirlari natijalarini tahlil qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan elektron kuzatuv (treking) markazlari jihozlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring