Baliqchidagi korxonaning yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvati 35 milliard soʻmga yetdi

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlarni yaratish va moddiy qoʻllab-quvvatlash orqali mahsulot ishlab chiqarish koʻlami ortmoqda. Bu esa aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish va mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga xizmat qilyapti. Misol uchun, Baliqchi tumanidagi “Magna sport” MCHJni olaylik.
Korxona charm mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, 2016-yilda oʻz faoliyatini boshlagan. Dastlab, oila aʼzolari bilan sportning oʻnlab turi boʻyicha mahsulot tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 296 ming AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy koʻmak tufayli ishlab chiqarish koʻlami ortdi.
— Hozir korxonamizda yuz nafarga yaqin ishchilar faoliyat yuritmoqda, — deydi tikuvchi Sanobarxon Ahmadaliyeva. — Futbol, boks, kurash, gimnastika kabi oʻnlab sport turlari uchun charm buyum va jihozlar ishlab chiqarmoqdamiz. Mahsulotimizga ichki bozorda talab juda katta. Kelgusida eksport faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun sifat darajasini oshirishga harakat qilyapmiz.
Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash natijasida korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 35 milliard soʻmga yetdi. 39 turdagi sport buyumlari soni tez orada ortishi koʻzda tutilgan. Buning uchun jahon talablariga mos keladigan yana oʻnlab mahsulotlarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring