Baliqchi tumanida yangi parrandachilik korxonasi barpo etilmoqda

11:11 11 Noyabr 2025 Jamiyat
125 0

Baliqchi tumanida “Sokin savdo servis” MCHJ tomonidan zamonaviy parrandachilik korxonasi qurilishi jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 15 million AQSH dollarini tashkil etadi. 3 gektar maydonni egallaydigan ushbu korxona foydalanishga topshirilgandan keyin 200 nafar aholini doimiy ish oʻrni bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.

— Hozirda qurilish-montaj ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Muzaffarbek Karimov. — Korxona faoliyat boshlaganidan soʻng nafaqat ichki bozor, balki qoʻshni mamlakatlar ham sifatli parranda mahsulotlari bilan taʼminlanadi.

Loyihaga koʻra, barcha qurilish ishlarini yakunlash va ishlab chiqarish jarayonini toʻliq yoʻlga qoʻyish 2026-yilning birinchi choragiga moʻljallangan. Korxona faoliyati yoʻlga qoʻyilishi orqali tumanda iqtisodiy faollik yanada oshishi, aholi bandligi va daromadlari oʻsishi kutilmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?