Baxtiyor Saidov Sloveniya va Kolumbiya elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 21-iyun kuni Sloveniya va Kolumbiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
“Sloveniyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlangan Darya Bavdaj Kuret xonimning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz. oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama hamkorlikning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildik. Elchi xonimga oʻsib borayotgan munosabatlarimizning salmoqli salohiyatini oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozgan vazir.
Shuningdek, Saidov vazirlikda Kolumbiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ektor Isidro Arenas Neyra bilan ham uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarimizni chuqurlashtirish, ishbilarmonlik, siyosiy, madaniy hamkorlikni hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirish muhimligi taʼkidlangan.
“Janob еlchini yangi lavozimi bilan tabriklaymiz”, deydi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring