Baxshichilik sanʼati YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritildi
Shu yilning 13-18-dekabr kunlari Parijda YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasining XVI sessiyasi virtual rejimda oʻtkazilmoqda. Ahamiyatlisi, ushbu sessiya madaniy hayotimizdagi tarixiy voqelik sifatida esda qoladigan boʻldi.
Turizm va sport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mazkur anjumanda xalqimiz asrlar davomida sevib-ardoqlab kelayotgan baxshichilik sanʼati Oʻzbekistonning nomoddiy madaniy merosi elementi sifatida Insoniyat nomoddiy madaniy merosi
Qayd etish kerakki, davlatimiz rahbari 2019-yili Termizda oʻtkazilgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda tengsiz maʼnaviy boyligimiz boʻlmish mumtoz sanʼatni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilgʻor fikrli olimlar va sanʼatkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchi ekanini taʼkidlagan edi.
“Baxshichilik sanʼati” boʻyicha nominatsion paket Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oʻzbekistonning YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi tomonidan tayyorlanib, 2020-yilda Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasiga taqdim etildi. Ikki yil davomida YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya va Oʻzbekistonning Parijdagi doimiy delegatsiyasi Qoʻmitaga aʼzo davlatlar, Baholash komissiyasi va YUNESKO Kotibiyati bilan hamkorlikda mazkur elementni targʻib qilish boʻyicha faol ish olib bordi.
Sessiya doirasida Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekistonning YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi tomonidan “Baxshichilik sanʼati” nominatsiyasining taqdimoti oʻtkazildi. Tadbir ishtirokchilariga ushbu sanʼat turini asrab-avaylash hamda milliy va xalqaro miqyosda targʻib qilish boʻyicha hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Bunda Prezidentimiz rahbarligida soʻnggi yillarda bu nodir sanʼatni qayta tiklash, jumladan, Oʻzbekistonda har ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan aniq chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.
2019-yilning aprel oyida Termiz shahrida boʻlib oʻtgan “Jahon sivilizatsiyasida baxshichilik sanʼatining tutgan oʻrni” mavzusidagi anjumanning muhim xulosalari, baxshichilikni qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlar, shuningdek, ushbu sanʼat turini kelajak avlodga munosib yetkazish maqsadida ixtisoslashtirilgan kollej va oliy oʻquv yurtlarida yosh baxshilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari ham muhokama markazida boʻldi.
Baholash komissiyasi raisi L.Volanskaning taʼkidlashicha, baxshichilik sanʼati oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining noyob tarixiy-madaniy merosi hisoblanadi. Uning soʻzlariga koʻra, bu sanʼat vatanparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va hamjihatlikka chaqiruvchi dostonlar, xalq ijodiyoti namunalari, rivoyat va afsonalar asosida yaratilgan. “Koʻplab etnik guruhlarga tegishli boʻlgan elementning ijodiy xususiyati ijodkorlik va madaniy xilma-xillikka boʻlgan hurmat-ehtiromni taʼminlaydi”, dedi u.
Tadbirda Oʻzbekiston hududida baxshichilikning rivojlanish tarixini aks ettiruvchi maxsus videorolik namoyish etildi.
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasi ushbu elementni Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi
Baholash komissiyasi vakillarining fikricha, baxshichilik sanʼati noyob tarixiy-madaniy meros boʻlib, nominatsiyalar toʻplami ushbu milliy elementni
Taʼkidlash joizki, “Baxshichilik sanʼati” Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan
Kelgusi yillarda “Oʻzbekiston kulolchilik maktabi” milliy elementlari, shuningdek, boshqa davlatlar bilan “Hunarmandchilikning anʼanaviy uslubi” va “Rubob chalish”, “Markaziy Osiyoda anʼanaviy kashtachilik uslubi”, “Xoʻja Nasriddin qissalarini aytish anʼanasi” kabi koʻp millatli nominatsiyalarni Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasi muhokamasiga kiritish rejalashtirilgan.
Dilshod KARIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring