Bayram va dam olish kunlarida mehnat qilish Mehnat kodeksi bilan taqiqlanadi
Dam olish kunlarida ishlash taqiqlanadi, bu Oʻzbekiston Mehnat kodeksining 130 va 132-moddalaridan kelib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 130-moddasiga koʻra, ish beruvchining buyrugʻi bilan yakka tartibdagi ishchilarni dam olish kunlarida ishlashga jalb qilishga faqat alohida hollarda jamoa shartnomasida belgilangan asoslar va tartibda, agar u tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, 132-moddaga asosan bayram kunlarida ishlab chiqarish-texnik yoki boshqa mehnat sharoitlari tufayli aholiga xizmat koʻrsatish zarurati tufayli toʻxtatib qoʻyilishi mumkin boʻlmagan ishlarga hamda kechiktirib boʻlmaydigan taʼmirlash-yuklash-tushirish ishlariga yoʻl qoʻyiladi.
Taʼkidlanishicha, bayram kunlaridagi ish uchun kompensatsiya va haq toʻlash 157-moddaga muvofiq amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring