Bayden qariyb 200 yillik rekordni yangiladi
Prezident Jo Bayden hokimiyat tepasiga kelgandan beri mamlakatga 8 milliondan ortiq odam koʻchib kelgan. Ushbu vaqt oraligʻida AQSHga immigrantlarning kelishi rekord darajada yuqori boʻlgan.
2021 va 2023-yillar oraligʻida har yili oʻrtacha 2,4 million kishi Qoʻshma Shtatlarga kirib kelgan. Bu haqda “The New York Times” nashri AQSH Kongressining Byudjet byurosiga tayanib xabar berdi.
Nashr tahliliga koʻra, immigratsiya oʻsishining asosiy sababi Baydenning yumshoq immigratsiya siyosatidir. Bunga Venesuela, Ukraina va Gaitidagi inqirozlar ham taʼsir koʻrsatgan.
Natijada ushbu mamlakatlar fuqarolari AQSHga tobora koʻproq koʻchib oʻtishni boshlaganlar. Shuningdek, Amerika chegarasiga yetib borishga yordam beradigan kontrabanda tarmoqlari ham misli koʻrilmagan darajada rivojlangan.
Statistika maʼlumotlariga koʻra, 2021-yildan buyon mamlakatga kelgan muhojirlarning qariyb 60 foizi noqonuniy kirishni amalga oshirgan.
2023-yilda AQSH aholisining 15,2 foizi xorijda tugʻilganlarni tashkil qilgan. Avvalgi rekord 1890-yilda oʻrnatilgan boʻlib, oʻshanda AQSHda aholining 14,8 foizi mamlakatga koʻchib kelganlardan iborat boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring