Bahorning bir kuni yilni boqadi

12:54 02 Aprel 2025 Jamiyat
73 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumani mirishkorlari ota-bobolardan meros yumushlarni ilm-fan yutuqlari, innovatsiya gʻoyalari asosida rivojlantirish orqali keyingi yillarda qishloq xoʻjaligida salmoqli yutuqlarga erishmoqda.

Joriy yilda tumanda 4 ming 849 gektar yerda paxta yetishtirish rejalashtirilgan boʻlib, uning 1000 gektarida Xitoy tajribasi asosida sanoatbop xomashyo parvarishlash maqsad qilingan. 700 gektar yerda xorijiy hamda qariyb 1000 gektarda mahalliy nav innovatsiya usulida – plyonka ostida yetishtiriladi. Hozirgi kunda tuman dalalarida ekilgan chigit bir tekis unib chiqib, baravj rivojlanmoqda.

— Ota-bobolarimizning bahorning bir kuni yilni boqadi, degan gapi bejiz aytilmagan, — deydi tumandagi “Mezon” fermer xoʻjaligi rahbari Vohidjon Obidov. — Shuning uchun ham erta ekkan erta oʻradi va hosili moʻl boʻladi. Xoʻjaligimizda soʻnggi yillarda qoʻsh qator usulidan foydalanib, Xitoy paxta navining har gektaridan oʻrtacha 65-70 sentnerdan hosil olishga erishmoqdamiz. Vaholanki, choʻl sharoitida yaqin yillargacha ham bu imkonsizdek tuyulardi.

Ayni paytda bu usul mamlakatimiz boʻylab tobora ommalashib, “Mezon” fermer xoʻjaligi tajribasi sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu yil ham 60 gektardan ziyod yer maydonga Xitoy chigitini plyonka ostiga ekib, bir tekis undirib oldik. Maqsadimiz joriy yilda hosil salmogʻi va daromadni yanada oshirishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер