Bahorni sogʻinganlar uchun bebaho tortiq

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani markazida bahor elchisi – sumalak sotilmoqda. Bu hozirgi sovuq kunlarda koʻklam sogʻinchi bilan yashayotgan tuman ahli uchun oʻziga xos tuhfa boʻldi.
— Nasib qilsa, “ilik uzildi” kunlar ham yaqinlashmoqda, —deydi Bagʻdod tumani “Doʻstlik” MFYda istiqomat qiluvchi Donoxon aya Sultonova. — Shunday paytda organizm kuchsizlanib, tabiiy darmondorilarga kuchli ehtiyoj sezadi. Ayniqsa, bu yilgi ayozli kunlar hammamizni sinovdan oʻtkazdi. Ayni paytda farzandlarim bilan, oilaviy anʼanamizga koʻra, sumalak tayyorlab, el dasturxoniga yetkazishdek savobli ishni boshlab yubordik. Endi Navroʻz bayramigacha shu yumush bilan band boʻlamiz.
— Qariyb 15 yildan buyon onam qish chillasida uyda sumalak tayyorlab, bozorga olib chiqadi, — deydi onaxonning oʻgʻli Muzaffar Matkarimov. — Onam tayyorlaydigan sumalakning darmondoriligi va oʻziga xos mazasi butun tumanimizda mashhur. Shu bois bu sumalakning xaridorlari koʻp.
Aytish kerakki, bu oila aʼzolari har kuni bir qozon sumalak tayyorlab, bozorga chiqarmoqda. Mahsulot bir martalik idishlarga joylangan holda mijozlarga taklif etilyapti. Sumalakning yarim litri 15 ming, bir litri 30 ming soʻm.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring