Bahodir Jalolov ikkinchi bor toʻliq jang oʻtkazdi
Oʻzbekistonlik superogʻir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov professional ringdagi 16-gʻalabasini qoʻlga kiritdi. U faoliyatida ilk bor Rossiyada jang oʻtkazdi.
Jalolov kecha, 6-oktyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan “IBA Pro 10” turniri markaziy jangida rossiyalik Vitaliy Kuduxov ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi.
Toʻliq 8 raund davom etgan jangda hamyurtimiz ustunlikni qoʻldan bermadi va hakamlar bir ovozdan uni gʻolib deb topdi — 77–73, 77–74, 78–72. Bu natija Jalolovning professional rekordini 16–0 (14 KO) koʻrsatkichiga yetkazdi. Ushbu gʻalaba Bahodirning qiyin erishilgan zafarlaridan biri boʻldi deyish mumkin.
Jalolov hozirgacha ringda magʻlubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Uning professional faoliyatidagi muhim gʻalabalar orasida Kris Tompson (1-raundda nokaut), Onorede Exvareme (1-raund), Kurtis Xarper (4-raund) va Jek Maluvayi (8-raund) ustidan qozongan zafarlari ham bor.
Shuningdek, u 2025-yil aprel oyidagi jangda Igor Shevadzutskiyni ochkolar boʻyicha yenggan edi. Sankt-Peterburgdagi bu soʻnggi jang esa Jalolov uchun Rossiya ringlaridagi ilk gʻalaba boʻldi va u professional boksdagi yirik bellashuvlarga yana bir qadam yaqinlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring