Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiada chempioni!
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasida oltin medalga sazovor boʻldi.
+92 kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan bokschimiz finalda hamyurtimizga Ispaniya vakili Ayyub Gadfaga qarshi ringga chiqdi.
Qiyin kechgan bahsda “Big Uzbek” (“Katta Oʻzbek”) nomini olgan yurtdoshimiz raqibidan har tomonlama ustunlik qildi va bellashuvni oʻz foydasiga hal qildi — 5:0.
Bu Bahodirning yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ikkinchi oltin medali hisoblanadi. Mahoratli bokschimiz “Tokio-2020”da ham barcha raqiblaridan ustun kelgandi.
Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasining 1/8 finalida norvegiyalik Omar Shixani, 1/4 finalda esa avstraliyalik Teremoana Teremoanani, yarim finalda esa germaniyalik Nelvi Tiafak magʻlubiyatga uchratgandi.
Bahodir Jalolov Isomiddin oʻgʻli 1994-yil 8-iyulda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. U 2019 va 2023-yillarda oʻtkazilgan jahon, 2017, 2019 va 2021-yillarda tashkil etilgan Osiyo chempionatlaridan oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 2022-yilda oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida ham unga teng keladigan raqib topilmagan.
Avvalroq, “Tokio-2020” gʻolibi Akbar Joʻrayev “Parij-2024”da kumush medaliga ega chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring