Bagʻrikenglik — bu kundalik hayotda har bir insonning masʼuliyatidir — Galina Melnikova
Foto: «Xalq soʻzi»
16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan Oʻzbekistonda olib borilayotgan bagʻrikenglik siyosatining hayotiy ahamiyatiga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Bizning umumiy uyimiz: Oʻzbekistondagi yetakchi ayollar saboqlari” nomli tadbir ham ushbu sanaga bagʻishlandi.
Tadbirda jamoatchilik vakillari, faol ayollar, ilmiy doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Mehmon sifatida taniqli suxandon Galina Melnikova va tarix fanlari nomzodi Galina Raxmatullayeva ishtirok etib, oʻz hayotiy tajribalari hamda kasb faoliyatlari orqali bagʻrikenglik va insoniylik qadriyatlarini targʻib qilish borasida samimiy fikrlarini bayon etdilar.
Tadbir davomida Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan bagʻrikenglik siyosati, millatlararo totuvlik va dinlararo hamjihatlik sohasidagi islohotlar muhokama qilindi. Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilinayotgan davlat dasturlarida ham aynan bagʻrikenglik va ijtimoiy birdamlik masalalari ustuvor yoʻnalish sifatida belgilanayotgani taʼkidlandi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston 130 dan ortiq millat va elat vakillarining yagona oilasiga aylangan. Shu jihatdan “Bizning umumiy uyimiz” shiori nafaqat ramziy maʼnoga, balki amaliyotdagi ifodasini ham topgan.
Tadbirning eng ilhombaxsh qismi sifatida yetakchi ayollar tajribasi va ularning jamiyatdagi roli muhokama qilindi. Ayollarning tinchlik va totuvlikni saqlashdagi, yoshlar ongida bagʻrikenglik ruhini mustahkamlashdagi oʻrni alohida taʼkidlandi.
“Bagʻrikenglik — bu shunchaki shior emas, bu kundalik hayotda har bir insonning masʼuliyatidir. Agar har birimiz bir-birimizni tinglasak va tushunsak, jamiyatimiz yanada goʻzal boʻladi”, — dedi Galina Melnikova.
Bu soʻzlar barcha ishtirokchilarni mulohazaga chorladi. Chunki bagʻrikenglik faqat davlat siyosati emas — har bir fuqaroning shaxsiy madaniyati va hayotiy pozitsiyasidir.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talaba yoshlari tadbirda faol ishtirok etib, bu mavzuda oʻz qarashlarini bildirdi. Yoshlarning fikricha, globallashuv davrida bagʻrikenglik — tinchlik va barqaror taraqqiyotning asosiy shartidir. Shu bilan birga, yoshlar tomonidan taʼlim tizimida bagʻrikenglik madaniyatini chuqur oʻrgatish, koʻngilli loyihalar orqali millatlar oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlash boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Tadbir nafaqat bayramona muhitda oʻtdi, balki u har bir ishtirokchi qalbida bagʻrikenglik, insoniylik va birdamlik hissini yanada kuchaytirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring