Bagʻdodda “Asalarichilik markazi” ish boshladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Bagʻdod tumanida jahon andozalari darajasida “Asalarichilik markazi” bunyod etilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tumandagi “Bagʻdod zamin asali” MCHJ rahbari, “Shuhrat” medali sohibi Abduvohid Ubaydullayev Fargʻona viloyatida eng koʻp asalari mahsulotlari eksport qiluvchi tadbirkor sifatida tanilgan. Tadbirkorning oʻz mablagʻi hisobidan 250 million soʻm sarflab qurib bitkazilgan ushbu majmuada 30 dan ortiq tabiiy va ekologik toza asal mahsulotlari savdosi yoʻlga qoʻyiladi. Shu bilan birga, ari boqish uchun kerakli barcha uskuna va qoʻllanmalar, malakali mutaxassislarning amaliy koʻmagi tashkil etiladi.
Zamonaviy markazning ochilish marosimida nafaqat Fargʻona vodiysi, balki qoʻshni Qozogʻistondan ham tajribalar asalarichilar, shu sohaga qiziqayotgan aholi vakillari ishtirok etdi.

— Oʻtgan yili Bagʻdodning asalarichilik jadal rivojlanayotgan “Chekxitoy” va “Olchin” MFY hududida asalarichilik kooperatsiya tashkil etilib, 20 dan ziyod shu sohaga qiziqqan oilaga asalari oilalari yetkazib berildi, — deydi tadbirkor Abduvohid Ubaydullayev. — Dastlabki yilda mazkur oilalar asaldan oʻrtacha 100 million soʻm, asalari oilasini sotishdan 25 million soʻmgacha daromad olishdi.
Bagʻdod tumani hokimligi tashabbusi bilan endilikda asalarichilik tarmogʻini tuman iqtisodiyotining drayverlaridan biriga aylantirishni maqsad qilganmiz. Bu tajriba oilalarni kambagʻallikdan chiqarish va doimiy daromad manbai bilan taʼminlashda qoʻl keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring