Badiiy gimnastika: Taxmina Ikromova Jahon kubogida yana ikkita medalga sazovor boʻldi

09:32 03 Aprel 2023 Sport
615 0

Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi oʻz yakuniga yetdi. 

Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Taxmina Ikromova 1 tadan oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritdi. 

Hamyurtimiz oltin medalga tasmadagi mashqda sazovor boʻldi. Uning toʻpdagi dasturi esa bronza medalini keltirdi.

Tasma:

— Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) – 30.900

— Eljana Taniyeva (Qozogʻiston) – 30.900

— Barbara Domingos (Braziliya) – 30.650

Toʻp:

— Stiliyana Nikolova (Bolgariya) – 35.000

— Sofiya Rafaeli (Italiya) – 33.150

— Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) – 31.750

Eslatib oʻtamiz, hamyurtimiz ushbu bosqich doirasida koʻpkurash yoʻnalishida ham bronza medali bilan taqdirlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?