Azizbek Ortiqov Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

12:13 12 Avgust 2022 Sport
446 0

Joriy yilning 11-avgust kuni Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati start oldi.

Unda 63 davlatdan jami 373 nafar dzyudochilar ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Azizbek Ortiqov 66 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, finalga qadar magʻlubiyatsiz yetib bordi.

U jahon chempionligi uchun kechgan murosasiz bellashuvda kumush medal sohibiga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?