Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimidan iste’foga chiqarildi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Voitov Aziz Botirovich lavozimidan ozod etildi. Bu haqda "Yuksalish" umummilliy harakati rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi.
Hozircha, Voitovning nima sababdan ishdan olingani ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Aziz Voitov 1980 yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya institutini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan (2001) hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida «Biznes boshqaruvi» bo‘yicha tahsil olgan (2010).
Voitov o‘z vaqtida «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 2020 yil martidan investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan, 2022 yil avgust oyidan buyon qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring