Azim Axmedxadjayev AKT vaziri lavozimidan iste’foga chiqarildi
Azim Axmedxadjayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.
“Raqamli iqtisodiyot O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Uni amalga oshirish sohasidagi vakolatli organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish bo‘yicha yangi blok tashkil qilmoqda. Davlatimiz rahbari farmoni bilan ushbu blokni Azim Axmedxadjayev boshqaradi”, deyiladi vazirlik axborotida.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri etib, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori vazifasida ishlab kelgan Shuhrat Sodiqov tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring