Ajdarho oshxonasi: Bryus Li rioya qilgan 8 ta ovqatlanish qoidasi

18:44 04 Iyul 2020 Sport
1609 0

Muvaffaqiyatga erishishda jangchining qatʼiy ratsioni muhim rol oʻynadi.

Bryus Li ideal tanaga ega edi: mushaklar va, aftidan, teri ostida bir tomchi yogʻ yoʻq edi. Xitoy jang sanʼatining buyuk ustasi qattiq mashqlar va qatʼiy ovqatlanish rejasi tufayli bu natijaga erishdi. Vaqt oʻtishi bilan Li xitoy taomlari va bodibilding jurnallaridan retseptlar bilan tajriba oʻtkazib, oʻz diyetasini ishlab chiqdi.

Siz bilan Gollivud afsonasining parhezni tuzish qoidalari bilan oʻrtoqlashamiz.

1-qoida. Hamirli taomga yoʻq deng

Jangchi “oziq-ovqat falsafasi”ning bir qismi bu organizm va tana shakliga salbiy taʼsir koʻrsatadigan “boʻsh” kaloriyalarni kiritmaslik. Albatta, Li baʼzida oʻziga un mahsulotlari isteʼmoliga ruxsat bergan, lekin u buni juda kamdan-kam hollarda va koʻpincha egalaridan bosh tortish mumkin boʻlmagan mehmondorchilikda qilgan.

2-qoida. Minimal sut mahsulotlari

Aytishlaricha, Bryus Li hech qanday sut mahsulotlarini isteʼmol qilmagan va oqsilli kokteyllarda sutning oʻrniga quruq sutdan foydalangan.

3-qoida. Porsiyalarni kamroq qiling, lekin tez-tez ovqatlaning

Ushbu maslahat aktyor bilan birga koʻplab diyetologlar tomonidan beriladi. Qachonki, kam va tez-tez ovqat isteʼmol qilsangiz, tana yogʻlarni zaxiraga olib qoʻyishga ulgurmaydi. Bryus kuniga besh marta ovqatlanib, ovqatlanish oraligʻida mevallar yegan.

4-qoida. Oqsilli kokteyl isteʼmol qiling

Li kokteyllar bilan tajriba oʻtkazgan, chunki u ularni juda yaxshi koʻrar edi. Uning ichimliklarining asosini doimo sut kukuni, tuxum, araxis yogʻi, banan, pivo achitqisi va unib chiqqan bugʻdoy egallagan.

5-qoida. Oziq-ovqat qoʻshimchalaridan saqlanmang

Jangchining menyusida har doim C va Ye vitaminlari, asal gulchangi, naʼmatak siropi, atserol va letsitin boʻlgan. Ammo ozuqaviy qoʻshimchalar toʻplami individualdir, shuning uchun ularni sotib olishdan oldin shifokor bilan maslahatlashib, tanangizda nima yetishmayotganini bilib olishingiz kerak.

6-qoida. Asal va jenshen isteʼmol qiling

Bryus Li ushbu mahsulotlarni tanani vitaminlar bilan toʻldirish uchun isteʼmol qilgan. Asal va jenshen immunitetni saqlash uchun juda foydali va hozir ham juda dolzarbdir.

7-qoida. Uglevodlar haqida unutmang!

Uglevodlar universal energiya manbayi. Mashgʻulot davomida tanamizdan koʻp kuch va resurs talab qilinadi. Shuning uchun ularni toʻldirish kerak.

8-qoida. Xitoy oshxonasini koʻrib chiqing

Bu, albatta, individual masala, lekin Gollivud yulduzining soʻzlariga koʻra, Xitoy oshxonasida oqsilga boy foydali ovqatlar koʻp. Masalan, tofu pishlogʻi. Bu borada Bryusning fikri asossiz, deyolmaymiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер