Ayollar tadbirkorligini ragʻbatlantirishda yangi bosqich: “WE-Finance Code” tashabbusi natijalari muhokama qilindi
Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Kadirxanova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Ayollar tadbirkorligi boʻyicha moliyaviy kodeks — “WE-Finance Code” xalqaro tashabbusining Oʻzbekistonda joriy etilishining bir yillik natijalariga bagʻishlangan taqdimotda ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, 2024-yil Oliy Majlis Senati va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida ushbu tashabbus doirasida hamkorlikka oid oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan. Unga muvofiq “WE-Finance Code” tashabbusini Oʻzbekistonda amalga oshirish boʻyicha bosh muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan.
Ayni paytda ushbu tashabbus dunyo boʻyicha 30 dan ortiq davlatda, shu jumladan, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Mongoliya va Oʻzbekistonda tatbiq etilmoqda. Oʻzbekiston esa mazkur tashabbus doirasida milliy kodeks (Nizom) ishlab chiqqan mintaqadagi ilk davlat sifatida eʼtirof etilgan.
Senator oʻz soʻzida mazkur tashabbus Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligi rivojiga xizmat qilayotganini, bu boradagi yutuqlar esa mamlakatdagi inklyuziv iqtisodiy siyosatni yanada mustahkamlayotganini taʼkidladi.
Shuningdek, rahbar-ayollar boʻyicha gender statistikasini aks ettiruvchi yangi maʼlumotlar platformasi taqdim etildi hamda “WE-Finance Code” tashabbusi doirasidagi natijalar tahlil qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring