Ayollar Oʻzbekistonda eng koʻp qaysi yoshda ona boʻlishmoqda?
Milliy statistika qoʻmitasi ota-onalarning farzand koʻrishdagi yosh guruhlari haqida maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yilda FHDYO organlarida respublika boʻyicha jami 926 422 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.
Erkaklarning eng yuqori ota boʻlish yoshi 25-39 yosh oraligʻida boʻlib, bu davrdagilarning farzandli boʻlish koʻrsatkichlari 82,5 foizni tashkil etdi. 25 yoshgacha boʻlganlarda chaqaloqlarning dunyoga kelishi 10,7 foiz boʻlsa, 40 yosh va undan kattalar 6,8 foiz holatda ota boʻlishgan.
Farzandli boʻlish koʻrsatkichlari ayollarda 25 yoshgacha 39,3 foiz, 25-39 yoshdagilarda 59,5 va 40 yoshdan kattalarda 1,2 foizni qamrab olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring