Ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga qurʼa tashlandi
Videodan kadr
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi 23-yillik tanaffusdan soʻng Osiyo chempionati yoʻllanmasiga ega chiqqan edi. Bugun, 29-iyul kuni Avstraliyaning port shahri boʻlgan Sidneyda mazkur musobaqaning qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Qurʼa natijalariga koʻra, ushbu turnirda qatnashadigan 12 mamlakat terma jamoalari oʻz raqiblari nomini bilib oldi. Xususan, Kotrina Kulbite boshchiligidagi Oʻzbekiston ayollar termasi Bangladesh, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan birga “B” guruhidan oʻrin egalladi.
Quyidagi rasmda musobaqada ishtirok etadigan jamoalarning joylashgan guruhlarini koʻrish mumkin:
Maʼlumot uchun, bu galgi Osiyo chempionati 2026-yilning 1-mart kunidan 21-mart sanasiga qadar Avstraliya mezbonligida boʻlib oʻtadi. Terma jamoamiz birinchi oʻyinini 3-mart kuni Sidney shahrida Shimoliy Koreya vakillariga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring