Avtomobilni takroran mast holda boshqarganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Senatning 24-yanvardagi majlisida avtomobilni takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik koʻzda tutilgan qonun maʼqullandi. Bu haqida Oliy Majlis Senatining rasmiy saytida xabar berildi.
Unga koʻra, Jinoyat kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali transport vositasini takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilanishi aytilmoqda.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda transportda bezorilik, yaʼni ayrim haydovchilar tomonidan boshqarish madaniyatiga rioya qilmay, transport vositasini keskin boshqarish va boshqa harakatlarda ifodalangan “agressiv boshqarish”, “drift”, “shaxmat” shaklida harakatlanish, yoʻllarda toʻsiqlarni paydo qilish kabi qoidabuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
Maʼlum qilinishicha, yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganda haydovchilik huquqidan mahrum qilishning eng kam miqdori 6 oydan kam boʻlmasligi nazarda tutilmoqda.
Mazkur majlisda senator Qutbiddin Burxonovning maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda 2024-yilda 9364 ta yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlgan. Buning oqibatida 2203 kishi vafot etgan, 8901 nafari tan jarohati olgani qayd etilgan. Mazkur yoʻl-transport hodisalariga haydovchilarning bilimsizligi va qoidalarni mensimasligi asosiy sababi sifatida keltirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring