Avstriyada bir yil ichida COVID-19 yuqtirganlar soni keskin oshib ketdi

Arxiv surat
Avstriyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir yil avvalgiga nisbatan deyarli ikki baravar koʻpaygan. Bu haqda mahalliy OE24 telekanali Avstriya sogʻliqni sugʻurtalash jamgʻarmasi maʼlumotlariga tayanib xabar bermoqda.
“Hozirda 303 212 nafar avstriyalik kasallik taʼtilida. Ulardan 41 690 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan. Bu bir yil oldingiga nisbatan deyarli ikki barobar (+90 foiz) koʻpdir”, deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilishicha, soʻnggi bir necha kun ichida respublikaning birin-ketin federal shtatlarida yangi rekord darajalar qayd etilgan. Tirol va Venadan keyin Yuqori Avstriya ham infeksiyalar soni har qachongidan ham koʻproq ekanligini xabar qildi.
Kasallanganlar soni oshgani qaramay, mamlakatda maxsus chora-tadbirlar joriy etilgani yoʻq. Avstriya Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Yoxannes Rauch shifoxonalarda, qariyalar uyida faqat niqob taqishni tavsiya qilgan.
Oʻz navbatida, Avstriya sogʻliqni sugʻurtalash jamgʻarmasi bosh shifokori Andreas Krauter qoʻllarni dezinfeksiya qilish, masofani saqlash va xonalarni muntazam ravishda shamollatish qilish muhimligini qoʻshimcha qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring