Avazbek Olimov 170 mln soʻm jarimaga tortildi
Xonanda Avazbek Olimov mualliflik huquqi yuzasidan oʻtkazilgan sudda yutqazdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Toshkent shahar sudidagi manbasi xabar berdi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining 24-maydagi hal qiluv qarori bilan xonanda Avazbek Olimovdan daʼvogar Mahliyo Ahrorova foydasiga 150 million soʻm tovon puli va 20 million soʻm maʼnaviy zarar undiriladigan boʻldi.
Sud hujjatlarida keltirilishicha, xonanda shoira Mahliyo Ahrorovaning “Goʻzal yorim” sheʼrini uning ruxsatisiz yillar davomida “Sevar yorim” nomi ostida kuylab kelgani uchun tovon puli va maʼnaviy zarar toʻlashi belgilangan.
Shuningdek, Avazbek Olimovga “Sevar yorim” qoʻshigʻini ijro etmaslik majburiyati yuklatilgan.
Bundan tashqari, xonanda hisobidan shoira foydasiga oldindan toʻlangan 6 million 680 ming soʻm davlat boji va 34 ming soʻm pochta xarajatini undirish ham belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring