Atrof-muhit, hayvonot va oʻsimlik dunyosi muhofazasi hamda aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish kuchaytirilmoqda

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Qonun bilan qator qonunlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Jumladan, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar ifloslantiruvchi manbalarda oʻrnatiladigan avtomatik monitoring stansiyalari maʼlumotlarini Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga real vaqt rejimida kiritishi shart ekanligi belgilanmoqda.
Ushbu talabni bajarmaganlik, toʻliq bajarmaganlik yoki notoʻgʻri maʼlumot kiritganlik uchun jarima tarzida moliyaviy sanksiya qoʻllanilishi nazarda tutilmoqda.
“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunda fuqarolarning va yuridik shaxslarning belgilanmagan joyga tashlagan chiqindisini olib chiqib ketishi yoki tegishli xarajatlarning oʻrnini qoplab berishi nazarda tutilmoqda.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtqazganlik uchun ruxsatnoma berish tartibini joriy etish bilan bogʻliq norma mustahkamlab qoʻyilmoqda.
Senatorlar tomonidan “Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun ham dastlabki tarzda muhokama qilindi. Aholi salomatligi va osoyishtaligiga, ularning normal dam olishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi zararli shovqinlarga qarshi kurashish masalalarini kompleks tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emasligi taʼkidlab oʻtildi.
Mazkur Qonun bilan aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilishning asosiy prinsiplari, shovqinning taʼsir qilish normalari, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan harakatlar hamda ularni buzishga yoʻl qoʻyilmaydigan vaqtlar oraligʻi, atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari belgilanmoqda.
Majlis yakunida koʻrilgan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring