Asosiy muammo odamlarning turmush qurishni istamasligida emas, balki turmush qurishga imkoniyati yoʻqligidadir – XXR fuqarolik vazirligi bayonoti

11:11 13 Fevral 2025 Dunyo
43 0

Xitoyda 2024-yilda qayd etilgan nikohlar soni 40-yillik antirekordni yangiladi. Mamlakatda nikoh qurish koʻrsatkichlari 20 foizgacha tushib, xavfli demografik holatni keltirib chiqarmoqda, deb xabar berdi “The Guardian” nashri.

Xitoy fuqarolik ishlari vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda 7,7 milliondan ortiq nikoh roʻyxatga olingan boʻlsa, 2024-yilga kelib bu raqam 6,1 milliongacha tushib ketgan. Soʻngi bor bunday keskin pastlash 1986-yilda qayd etilgan.

Xitoyda yashash narxining yildan yilga ortib borayotgani nikohning kamayib ketishiga asosiy sabablardan biri sifatida qaralmoqda.

“Asosiy muammo odamlarning turmush qurishni istamasligida emas, balki turmush qurishga imkoniyati yoʻqligidadir. «COVID 19” pandemiyasidan soʻng nikoh koʻrsatgichlari oshayotgan edi, biroq oʻtgan yilga kelib keskin tushishni boshladi. Bu mamlakatdagi demografik holatni izdan chiqaradi»,— deyiladi vazirlik xabarida.

Tahlillarga koʻra, 2024-yilda ajrashmoqchi boʻlgan juftliklar soni 2,6 millionni tashkil qilgan. Bu koʻrsatkich yil davomida roʻyxatga olingan nikohlarning 30 foizidan koʻprogʻi demakdir.

Xitoy aholi soni boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda tursa ham, oʻnlab yillar davomida “bir oila — bir farzand” siyosati mamlakatdagi demografik holatga salbiy taʼsir koʻrsatdi.

Ushbu siyosat natijasida, Xitoy aholisining kamayishi hamda qariyalarning koʻpayishi keskin ortdi. Rasmiylar mamlakatda nikohlar sonini oshirishga hamda bu jarayonlarni ragʻbatlantirish uchun turli tashabbuslarni ilgari surishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер