Asosiy maqsadimiz odamlarimizni doimiy daromadli qilishdan iborat — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kelgusi yilda ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trillion soʻm viloyatlarning oʻziga beriladi. Bu haqda Prezidentimiz Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida aytib oʻtdi.
Ushbu mablagʻlarning har bir soʻmi aholi uchun qoʻshilgan qiymat yaratishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Shu bois, bu pullar umuman qaysidir tuman uchun emas, balki mahallada ish oʻrinlari yaratadigan, aholini daromadli qiladigan aniq loyihalarga yoʻnaltiriladi. Bu byudjet mablagʻlarini samarali ishlatishda loyihaviy yondashuv boʻladi.
Urbanizatsiya va shaharlarni barqaror rivojlantirish boʻyicha yangi islohotlar boshlanadi.
Jumladan, shaharlar tartibsiz kengayishining oldini olishda aniq mezonlar belgilanadi va shu orqali ekin maydonlarining asossiz qisqarib ketishiga chek qoʻyiladi. Shuningdek, respublikada ilk bor 45 ta aglomeratsiya hududlari belgilanadi.
Kelgusi yilda “Barqaror shahar” platformasi ishga tushirilib, “yashash uchun qulaylik indeksi”ni yuritish yoʻlga qoʻyiladi. Bu indeks orqali shaharlardagi har bir mahallaga xos muammolar aniqlanib, ularga mos yechimlar beriladi.
“Asosiy maqsadimiz odamlarimizni doimiy daromadli qilishdan iborat. Puli bor odam yaxshi kiyinish va ovqatlanishga, sifatli taʼlim va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga, mazmunli dam olishga, bir soʻz bilan aytganda, farovon yashashga intiladi”, dedi Prezidentimiz.
Bu jarayonda tadbirkorlar hal qiluvchi kuch sifatida eng oldingi safda turib, sanoat va servis obyektlarini tashkil qilib, doimiy ish oʻrni yaratishda, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni kasbga oʻrgatib, mahallalarning oʻzida ishli va daromadli qilishda alohida jonbozlik koʻrsatayotgani taʼkidlandi.
Shuning uchun tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha siyosat davom ettirilib, 2026-yilda asosiy soliq stavkalari oʻzgarishsiz qoldiriladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratiladi.
Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion soʻm resurs beriladi. Shundan 43 trillion soʻmi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring