Ashtarxoniylar davri tarixchisi haqida kontentlar tayyorlanadi
O‘zbekiston ilmiy va madaniy merosining yetuk vakillaridan biri bo‘lgan Muhammad Vafo Karminagiy VIII asrning mashhur tarixnavis olimlaridan sanaladi. Uning Ashtarxoniylar davri tarixini yorituvchi asarlari nafaqat o‘sha davr voqealarini oydinlashtirishga xizmat qiladi. Uning “Tuhfai xoniy” nomli mashhur asari bo‘lib, u mang‘itlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahim topshirig‘iga binoan tayyorlagan.
Shu maqsadda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan “Muhammad Vafo Karminagiy” medialoyihasi tarixiy manbalarni ilmiy asosda tadqiq etish, keng jamoatchilikka taqdim etish hamda yosh avlodga boy madaniy merosimizni yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, loyiha doirasida Karminagiyning ilmiy ishlari o‘rganilib, u haqidagi ma’lumotlar keng ommaga yetkaziladi. Shu bilan birga, tadqiqot natijalari asosida ilmiy ishlanmalar tayyorlanadi va muzey ekspozitsiyalariga kontentlar ishlab chiqiladi.
Loyiha tarixiy merosni raqamlashtirish, ilmiy maqolalar chop etish, multimedia materiallari yaratish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa Muhammad Vafo Karminagiyning ilmiy faoliyatini chuqurroq o‘rganish va kelajak avlodga yetkazishda katta ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring