“Artel” kompaniyasi egizbuloqliklarga 6 turdagi texnikalar sovgʻa qildi
Foto: “Artel” matbuot xizmati
Joriy yilning 20-aprel kuni kuchli yogʻingarchilik natijasida Jizzax viloyati, Forish tumani “Egizbuloq” mahallasida sel kuzatilib, bir qancha xonadonlar jiddiy zarar koʻrgan edi. Birdamlikka oʻrgangan saxovatpesha insonlar yurtimizning turli hududlaridan yordamga oshiqdi. Jumladan, bu jarayondan “Artel” kompaniyasi ham chetda qolmadi.
Kuni kecha “Egizbuloq” mahallasida barpo etilgan 28 xonadon egalariga “Artel” kompaniyasining saxovat karvoni yetib bordi. Har bir xonadon egalariga kompaniyaning maxsus sertifikati, yaʼni 6 mahsulotdan iborat maishiy texnika toʻplamlari sovgʻa qilindi. Xususan, toʻplam — sovutgich, gaz plitasi, kir yuvish mashinasi, televizor, changyutgich va dazmolni oʻz ichiga olgan.
Tadbirda Forish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Abdumannon Saidxonov, tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi Xolmat Mamatov hamda “Artel” kompaniyasi rahbariyati vakillari ham ishtirok etdi. Jumladan, kompaniyaning Xodimlar bilan ishlash boʻyicha departament direktori Lazizbek Mamatov aholini shinam va koʻrkam, zamonaviy qurilgan uylar bilan qutlab, ularga kompaniya sovgʻalarini topshirdi.
— Xalqimiz azaldan birdam, jips. Sinovli kunlarda bu fazilatlar yanada yaqqol namoyon boʻladi. Tabiiy ofatdan zarar koʻrgan Forish tumanida bunyod etilgan uy-joylarning misolida ham davlat idoralari, tashkilot va yirik ishlab chiqarish korxonalarining birdamligini, aholini bevosita qoʻllab-quvvatlaganini koʻrish mumkin, — deydi Lazizbek Mamatov. — Bu jarayon jahon tajribasida korporativ ijtimoiy masʼuliyat — tashkilot va korxonalarning daromad olishi bilan birga, jamiyat rivojiga oʻz hissasini qoʻshishi, deyiladi. Kompaniyamiz xayriya ishlari bilan muntazam shugʻullanib kelgan. Inson qadrini ulugʻlash, aholi turmush tarzining yengillashishida koʻmak berish, qolaversa, ilm-fan, sport, kitobxonlik va bir qancha ijtimoiy koʻmak jarayonlarida kamarbasta boʻlishni oʻz oldiga maqsad qilgan. Bugungi xayriyalarimiz ham oilalarning yangi uylariga toʻyonadir.
Tadbirda, mehnat faxriylari Zulayho Pardayeva va Safar Soibov soʻzga chiqib, saxovat ishlarida oʻz koʻmagini ayamagan insonlarga minnatdorlik bildirdi. Tadbir soʻnggida “Artel” kompaniyasi jamoasi aʼzolari maishiy texnika vositalarini oʻz egalariga topshirishdi.
Eslatib oʻtamiz, “Artel” Markaziy Osiyoning eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi korxonasi hisoblanadi. Kompaniya oʻz faoliyatini 2011-yilda gaz plitalarini ishlab chiqarishdan boshlagan. Bugungi kunda kompaniya koʻplab turdagi maishiy texnikalarni ishlab chiqarmoqda.
“Artel” matbuot xizmati. (T)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring